DO’STOBOD
DO’STOBOD — Toshkent viloyatidagi shahar (1983 yildan). Quyi Chirchiq tumani markazi. 1996 yilgacha soldatskiy qishlog’i. Angren daryosi Sirdaryoga quyilish joyiga yaqin erda joylashgan. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Kuchlukkacha 38 kilometr. Do’stoboddan Toshkentgacha bo’lgan masofa 66 kilometr. Aholisi 13,6 ming kishi (2000), asosan o’zbeklar, shuningdek, qozoq, koreys, rus, tojik va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Do’stobodda 3 sanoat korxonasi, 2 qurilish idorasi, 3 umumiy ta’lim maktabi, 20 dan ziyod ma’muriy, davlat tashkilotlari, 40 dan ortiq xususiy korxona, 1 qo’shma korxona, 300 o’rinli kasalxona, poliklinika, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bog’i, sport majmui mavjud. Avtobus, taksi qatnovlari muntazam yo’lga qo’yilgan.