Dovut qishlog’i haqida eshitganmisiz?

Dovut qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Xorazm oblastining Qo’shko’pir rayonida. Mahalliy xalq afsonasiga ko’ra bu yerda Hazrat Dovud dafn qilingan emish. Shu sababli qishloq uning nomi bilan Dovut deb atalgan. Qishloq yaqinida Dovutning qabri ham bor. Haqiqatan Dovut (Bibliyada-David) tarixiy shaxs bo’lib, eramizdan avvalgi X asrda Isroil va Iudeyani birlashtirib, yagona yahudiy davlatini tuzgan. Keyinchalik uning o’g’li Sulaymon (Bibliyada-Salomon) hukmronlik qilgan. Diniy kitoblarda, jumladan Bibliya rivoyatlarida va Qur’onda xudodan kitob olgan payg’ambarlar sifatida talqin qilinadi. Shu rivoyatlarga asoslanib ruhoniylar ko’pgina joylarda ularning “mozori”ni vujudga keltirganlar. Shu tariqa Xorazmda ham Dovutning qabri vujudga kelgan.

Добавить комментарий