DRAVID TILLARI
DRAVID TILLARI – Hindiston yarim oroli va unga qo’shpn hududlardagi tillar oilasi asosan Hindistonning janubiy Shtatlarida, shuningdek, Pokiston, Janubiy Afg’oniston, Sharqiy Eron (braxui tili)da, qisman Shri Lanka, janubiy- Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Hind va Tinch okeanlar orollarida va Janubiy Afrikada tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 210 million kishidan ortiq bo’lib (o’tgan asr oxirlari), ularning 95%i atigi 4 tilda gaplashadi Telugu (ski Andhra) tilida 75 milliondan, Tamil tilidan 65 milliondan ortiq, malayalam tilini 40 millionga yaqin, kaniada (yoki kannara) tilill 35 milliondan ortiqroq kishi|. Ushbu tillar tegishli ravishda AndhraPradesh, Tamilnad (Madras), Kerala, Maysur Shtatlarining rasmiy tillaridir. Dravid tillarining boshqa til oilalari bilan genetik aloqalari aniq emas. Ingliz olimi R. Kolduell taxminiga ko’ra, bu tillarning Ural tillari bilan yaqin qarindoshligi bor. Dravid tillarining genetic tasnifi to’liqishlab chiqilmagan. 19-asr — 20-asrning 1-yarmida R. Kodduell va norveg olimi S.Konovlar tasnifi buyicha Dravid tillari 3 ta: Janub, Markaziy va shimol guruhlarga, hind olimi B. Krishnamurti tasnifiga ko’ra 2 guruhga ajratilali. Rus olimi M.S.Andronov esa Dravid tillarini quyidagi 7 guruhga ajratadi: shimoliy-g’arbiy (Hindiston hududidan tashqarida tarqalgan braxun yoki bragun tili), shimoliy-Sharqiy (gurukh. malto), Markaziy (kolamy, parji. nayki, gadaba), Gondvana (gondi, konda, pengo, manda, kup, kuvi), Janubiy-Sharqiy (telugu), Janubiy g’arbiy (tulu, koraga, bellari) va Jan. (Tamil, malayalam, Kannada, toda, kota, Kodagu va boshqalar). Dravid tillari fonetik tizimida qisqa va cho’ziq unlidar (5 juft) farqlanadi, turli sifatlarga ega bo’lgan 18 undosh mavjud; so’z boshi va oxirida odatda un-lilar va ba’zi undoshlargina kela oladi, so’z o’rtasidagi noqulay tovush qo’shilmalari eliziya, assimilyatsiya kabi fonetik hodisalar, evfonik tovush va bo’ginlar yordamida bartaraf etiladi; fopematik urgu mavjud emas. Morfologiya sohasida suffiksal agglyutinasiya ustuvorlik qiladi; asl dravidiy o’zaklar bir bug’inlidir; morfemalar zapjirida o’rtacha 3-4 tadan maksimal 9-10 tagacha morfema bo’lishi mumkin. Otlarda son (birlik va ko’plik), kelishik (turli tillarda 4-5 tadan 10-11 tagacha shaklga ega), jins (ba’zi gillarda 2 ta, ba’zilarida 3 ga) kategoriyalariga ega. Sifatlar aksar hollarda o’zgarmas shaklli bo’lib, ulardagi belgi darajalari sintaktik usulda ifodalanadi. Fe’llarda o’timli va o’timsiz, bo’lishli va bo’lishsiz shakllar farqlanadi; zamon, maydon, shaxs va son kategoriyalarining o’ziga xos so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalari bor, nisbatlar farqlanmaydi. Yorlamchi so’zlar genetik jihatdan mustaqil so’zlar bilan o’zaro aloqadordir. Asosiy so’z yasash usullari suffiksatsiya va so’z qo’shishdir. Dravid tillari sintaksisi ularga o’xshagn qurilishga ega bo’lgan boshqa tillar (turkiy tillar, mo’g’ul tillari va boshqalar) sintaksisi bilan ko’plab umumiy tipologik belgilarga ega. Dravid tillaridan telugu, Tamil, malayalam, kapnada va tulu tillari brahmining Janubiy shakllari asosida, braxun tili esa Arab grafikasi asosida yaratilgan yozuvdan foylalanadi, boshqa Dravid tillari o’z yozuviga ega emas. Ad.: Yazmki Ipdii, pakiszapa, Tseilona i Nspala, M., 1960: And-roiov M.S., Drapiliyskie Yazmki, M., 1965; Anlropov M.S., Sravpiteliaya grammatika dravidiyskix yaznkov, M., 1978. Abduvahob Madvaliev.