DRENA

DRENA (inglizcha drain — quritmoq, zax qochirmoq) — tuproq-gruntdagi ortiqcha suvlarini yig’ish va chiqarib tashlash hamda tuproq aerasiyasini yaxshilash uchun quriladigan yopiq kanal (quvur). Drena kollektor-drenaj tarmog’ining suv sathini tartibga solish qismidagi birlamchi bo’g’indir. Doimiy yoki muvaqqat bo’ladi. Doimiy Drena muntazam drenaj uchun, muvaqqati esa yer sho’rini yuvish davrida quriladi.