DUBLYOR
DUBLYOR (Fransuzcha doubler — ikki baravar oshirmoq) — 1) bir xil ishni parallel bajaruvchi shaxs, tashkilot (masalan, Dublyor korxona; kosmonavtning Dublyori — bir xil tayyorgarlikdan o’tuvchi va kerak bo’lganda asosiy kosmonavtni almashtiruvchi); 2) teatrda asosiy rol ijrochisini almashtira oladigan aktyor, shuningdek, kinoda filmni dublyaj qilishda matn tarjimasi bo’yicha ovoz beruvchi aktyor, maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi murakkab va akrobatik mashqlarni aktyor o’rniga bajaruvchi shaxs — kaskadyor.