DUMLUPINAR
DUMLUPINAR — G’arbiy Anadoludagi qishloq. Grek-turk urushi davrida Dumlupinar yonida Mustafo Kamol qo’mondonligi ostidagi turk armiyasi 1922 yil 30 avgustda grek bosqinchilari ustidan g’alaba qozongan. Bu g’alaba Antanta davlatlarining bosqinchi qo’shinlariga qarshi turklarning zafarli yurishini boshlab bergan.