DUNIT

DUNIT (yangi Zelandiyadagi dun tog’i nomidan) — o’ta asosli intruziv tog jinsi. Asosan olivindan (85— 100%) iborat. Qo’shimchalari xromit va magnetit. Rangi qora, to’q va och yashil. Dunit bor joyda platina, nikel, kobalt, xrom, talk, xrizotil-asbest konlari uchraydi. Dunit odatda qisman serpentinlashgan bo’ladi. O’zbekistonda Tomdi tog’larining shimoli-g’arbida kichik linzasimon shaklda topilgan. Rossiya Federatsiyasi (Ural, Baykalbo’yi), Armaniston va boshqa joylarda uchraydi. Dunitdan o’tga chidamli materiallar tayyorlanadi.