Evkalipt, asosan, Avstraliya daraxtidir. Ammo u dunyoning boshqa iqlimi issiq bo’lgan mamlakatlarida ham o’stiriladi. Uning yaproqlari ajratib chiqaradigan hidli modda havoni tozalash, bezgak yuqtiruvchi hasharot va pashshalarni haydash xossasiga ega. Evkaliptning 500 dan oshiq turi bor. Uning yog’ochi oq tusdan pushti ranggacha bo’ladi. Ammo yaproqlari hamisha bir xil: ingichka, tekis va vergul shaklida qayrilgan bo’ladi. Ular kun davomida Quyosh nurlari tekis yuzaga tushmasligi uchun bir tomondan boshqa tomonga buriladi. Evkalipt yaproqlaridagi hidli modda ayrim turdagi dorilarni tayyorlashda, yog’ochi kemasozlikda ishlatiladi, uning po’stlog’idan esa oshlovchi modda sifatida foydalaniladi.

Kislorod nimadan tashkil topgan?

Sigirlar zinadan tusha oladimi?

Sharpalar oroli haqida bilasizmi?

Dumsiz mushuklar haqida bilasizmi?

Futbol hakami oʻziga qizil kartochka bera oladimi?

Jek — temiryoʻl signalchisi boʻlib ishlagan maymun haqida bilasizmi?

Hurishni bilmaydigan it haqida bilasizmi?

Nega baʼzi hayvonlar qishki uyquga ketishini bilasizmi?

Nega xoʻroz ertalab qichqiradi?
