DUSHANBA

DUSHANBA (forscha) — haftaning birinchi kuni.

DUSHANBA (tojikcha Dushanbe; 1929- 61 yillarda Stalinobod) — shahar, Tojikiston Respublikasi poytaxti (1929 yildan). Hisor vodiysida, Varzob daryosining dengiz sathidan 750-930 metr balandlikdagi keng terrasalarida joylashgan. Dushanbani Varzob daryosi shimoldan Janubga, Kofarnihon daryosi Sharqdan g’arbga kesib o’tgan. Termiz—Dushanba va Dushanba—Kofarnihon temir yo’l va shosse yo’llar tuguni. Xalqaro aeroport bor. Iqlimi kontinental. Yanvarning o’rtacha temperaturasi g, iyulniki 28°, yiliga 625-630 millimetr yog’in yog’adi. Maydoni 125 kilometr kvadrat. Aholisi 512,5 ming kishi (1997). Dushanbada 4 ta shahar tumani bor. Dushanba— Tojikistonning yirik sanoat markazi, respublika sanoat ishlab chiqarishning qariyb 1/3 qismi joylashgan. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati, to’qimachilik mashinasozligi, qishloq xo’jalik mashinasozligi, savdo mashinasozligi, ro’zg’or sovitkichlari, armaturalar, «Tojikkabel», yo’l qurish mashinalari remonti zavodlari mavjud. Qurilish materiallari (tsement, yog’ochsozlik korxonalari, uysozlik kombinati, temir-beton konstruktsiyalar zavodi) ishlab chiqariladi. Shahar sanoatida yengil (tikuvchilik, ko’n poyabzal, ip gazlama, trikotaj, shoyi fabrikalari) va oziq-ovqat, (sut kombinati, qandolatchilik, tamaki fabrikalari, vino, pivo, non, yog’-moy zavodlari) sanoati korxonalari ham salmoqli o’rin tutadi. Dushanbani Dushanba-Vaxsh energetika sistemasi (shahar issiklik elektr markazi, Norak, Perepadnaya, Markaziy, Bosh GESlar va Varzobdagi GESlar) elektr energiya bilan ta’minlab turadi. Shahar ichida avtobus va trolleybus qatnaydi. Dushanba dastlab Varzob daryosining bo’yidagi uchta kichik yondosh qishloq — Sariosiyo, Shohmansur va Dushanba o’rnida paydo bo’lgan, bulardan eng yirigi Dushanba qishlog’i edi. Shahar hududidan yunon-Baqtriya davri (miloddan avvalgi 2-asr)ga oid arxeologik yodgorliklar topilgan. Qo’lyozmalarda Dushanba qishlog’i 17-asr boshidan tilga olingan. 1924 yildan To-jikiston Muxtor Respublikasi poytaxti (1925 yildan shahar). 1926 yil Dushanba aholisi 5,6 ming kishi bo’lgan. Keyingi yillarda Dushanbada ko’plab chiroyli ma’muriy, o’quv, madaniy va maishiy binolar (Hukumat uyi, Majlisi Oliy, S. Ayniy nomidagi opera va balet teatri, Firdavsiy nomidagi respublika millim kutubxonasi, «Tojikkon-tsert», Borbad nomidagi kinokontsert zali, «Dushanba», «Tojikiston» mehmonxonalari, Tojikiston davlat milliy universiteti, aerovokzal, «Rohat», «Saodat» choyxonalari, «sadbarg» maishiy xizmat uyi, kasaba uyushmalari saroyi, yozuvchilar uyi) va ko’p kavatli turar joy binolari qurilgan. Vaxdat, g’alaba, vokzal oddi maydonlari, Ayniy nomidagi bog’bor. Tojik mumtoz adabiyoti aeoschisi Abu Abdullo Rudakiyga, Abu Ali ibn Sino va Sadriddin Ayniyga haykal o’rnatilgan, Ayniy va Mirzo Tursunzodaga makbara barpo qilingan. Botanika bog’i, mineralogiya muzeyi va boshqalar bor. Dushanba 20-asr o’rtalaridan yirik ilmiy va madaniy markazga aylandi. Dushanbada Tojikiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va ilmiy tadqiqot institutlari ishlab turibdi. 15 oliy o’quv yurtida qariyb 50 ming Tolib, o’rta maxsus o’quv yurtlarida 6 mingga yaqin o’quvchi, hunar-texnika bilim yurtlari, litsey va kollejda 6 mingdan ziyod o’quvchi ta’lim olmoqda. Dushanbada 7 teatr (S. Ayniy nomli akademik opera va balet teatri, A. Lohutiy nomli Tojikiston akademik drama teatri va boshqalar), filarmoniya, tsirk, 8 kinoteatr, «Tojikfilm» kinostudiyam, Firdavsiy nomli Milliy kutubxona, Fanlar Akademiyasining Markaziy ilmiy kutubxonasi, A. Lohutiy nomli shaqar Markaziy kutubxonasi, qariyb 180 jamoat kutubxonasi, 7 muzey, Xalq xo’jaligi yutuqlari ko’rgazmasi, radio, telemarkaz, respublika telegraf agentligi va boshqalar bor. Dushanbada poligrafiya kombinati, «irfon», «adib», «maorif», «Donish», «Sharqi ozod» nashriyotlari, Tojikiston entsiklopediyasi Bosh ilmiy tahririyati mavjud. 30 ga yaqin nomda tojik, o’zbek, rus, ingliz va boshqa tillarda gazeta, 13 nomda jurnal nashr etiladi. Shaharda 27 kasalxona, 60 vrachlik ambulatoriya poliklinika muassasasi (shu jumladan 10 ta maxsus dispanser), 8 sanitariya-epidemiologiya stansiyasi, 5 stadion, sport saroyi, 7 suzish havzasi mavjud. Dushanba atrofidagi (Hisor tog’larining Janubiy yon bag’irlarida) manzarali tog’ daralarida dam olish uylari va sanatoriylar bor.