E

E — o’zbek kirill alifbosining yigirma to’qqizinchi harfi. Til oldi, o’rta keng lablashmagan unli tovushni ifodalaydi. Ushbu unli so’zning barcha o’rnida uchrasa ham, yozuvda hamma vaqt E yozilavermaydi: sof o’zbekcha so’zlarda va bir qator o’zlashmalarda E so’z boshida faol qo’llanadi (ertak, eshik, etajerka, elektr), qolgan o’rinlarda sanoqli so’zlardagina (menuet, duet, duel, dispnoe, karate va boshqalar) yozilib, ko’p so’zlarda bu unli E harfi bilan ifodalanadi (kel, terak, fe’l; iye, vale, kafe, klishe). Ushbu fonema qaysi harf (e yoki e) bilan ifodalanmasin, har qanday pozitsiyada bir xil talaffuz etiladi.