EDISON TOMAS ALVA
EDISON TOMAS ALVA (1847.11.2, Maylan, Ogayo shtati — 1931.17.10, Uestorinj, Nyu-Jersi shtati) — elektrotexnika sohasidagi amerikalik ixtirochi va yirik elektrotexnika kompaniyalari egasi. Dastlab (12 yoshidan) gazeta tarqatuvchi, keyin telegrafchi bo’lib ishlagan. 1868 yildan ixtirochilik bilan shug’ullangan. Axborotlarni (birja kurslarini) tele graf orqali uzatish asbobini loyihalagan, ko’p karrali telegraflash bo’yicha ishlagan, yozuv mashinkasini takomillashtirgan, fonograf ixtiro qilgan (1877), cho’g’lanma lampani yaratgan va A. Bell telefonini takomillashtirgan (1879). Elektr bilan yoritish tizimini ishlab chiqqan, elektr energiyasi bilan ta’minlashni markazlashtirish ustida ishlagan. Kinotexnika, temir yo’l, kon va qurilish ishlarida, kimyo va boshqalar sohalarga doir loyihalari bilan qatnashgan. Edison loyihasi bo’yicha NyuYorkda dunyodagi birinchi umumfoydalaniladigan o’zgarmas tok elektr stansiyasi qurilgan (1882). Edison effekti deb atalgan termoion emissiyani kuzatgan (1883). Nobel mukofoti laureati (1915).