EFEMEROIDLAR
EFEMEROIDLAR — ko’p yillik o’simliklar guruhi. Yillik vegetatsiya davri qisqa. Yer ostki organlari (tuganagi, piyozboshi) bir necha yil, yer ustki organlari bir necha hafta yashaydi. Efemeroidlar bahorda gullab, meva qiladi, urug’lari pishib to’kiladi, tuganaklari, piyozboshlari yoki iddizpoyasi yer ostida saqlanib, yer ustki qismlari quriydi. Efemeroidlar urug’lari orqali va vegetativ yo’l bilan ko’payadi. Ular yer osti organlariga qarab tuganaklilar (burmaqora, it kuchala va boshqalar), piyozboshlilar (Lola, boychechak) va ildizpoyalilar (rang, Ilaq) ga ajratiladi. Efemeroidlar — Qorako’l qo’ylarining asosiy ozig’i. Efemeroidlar orasida gullaydigan o’tlar (Lola, za’far, gulsapsar), dorivor giyohlar (piyozlar) va zaharli ko’katlar (kuchalalar) bor. Efemeroidlarni ikki guruh (qurg’oqchil hududlar Efemeroidlari va o’rmonli hududlar Efemeroidlari) ga ajratiladi.