EKIN MAYDONI

EKIN MAYDONI — qishloq xo’jalik ekinlari bilan band bo’lgan haydalma yerlar. Umumiy Ekin maydoni (ko’p yillik bog’lar, tokzorlar, o’rmonlardan tashqari barcha qishloq xo’jalik ekinlari bilan band bo’lgan yerlar), ayrim qishloq xo’jalik ekinlari Ekin maydoni (paxta, sholi, kartoshka, kanop, tamaki va boshqalar), ekin guruhlari Ekin maydoni (bahori va kuzgi don, texnika, sabzavotpoliz ekinlari va boshqalar) ga bo’linadi. O’zbekistonda barcha ekin maydoni (ming gektar) -3785,1 shundan don ekinlari 1789,0 (boshoqli don ekinlari 1618,6, shu jumladan, bug’doy 1507,2), texnika ekinlari 1442,8 (g’o’za 1392,7), kartoshka 49,1, sabzavot 145,3, ozuqabop poliz ekinlari 41,1 yem-xashak ekinlari 315,5 (2003). Qishloq xo’jaligini samarali yuritishda Ekin maydoniga turli ekinlarni muayyan nisbatlarda ekish — Ekin maydoni tarkibi muhim ahamiyatga ega. Xo’jaliklar, tumanlar, viloyatlar va mamlakat bo’yicha Ekin maydonining asosiy ekin bilan bandligi ixtisoslashuv va almashlab ekish negizini tashkil etadi. Mas, 1988 yilda O’zbekistonda Ekin maydonining 70% g’o’za, 3,8% don ekinlari, 5,8 % makkajo’xori, 4,2% sabzavot-poliz ekinlari va kartoshka, 16,2% beda bilan band bo’lgan. 2003 yilda esa don ekinlari 47,3%, shu jumladan, bug’doy 39,8%, texnika ekinlari 38,1, shu jumladan, g’o’za 36,8%, kartoshka 1,3%, sabzavot va poliz ekinlari 4,9, yem-xashak ekinlari 8,3% dan iborat bo’ddi. Ekinlar guruhlari yoki turlari, masalan, g’alla, sabzavot, g’o’za Ekin maydonini aniq hisoblash qishloq xo’jalik yalpi mahsuloti hajmini to’g’ri aniqlashga imkon beradi.