EKLS

EKLS, Ekkls jon Keryu (1903.27.1, Melburn 1997.2.5, Shveytsariya) — avstraliyalik fiziolog. Melburn universiteti (1925) va Oksforddagi Magdalen kollejini tugatgan (1929), 1927-37 ylarda Oksfordda Ch. Sherrjgton rahbarligida ishlagan. Sidneydagi patologiya instituti direktori (1937-44). Otago (Yangi Zelandiya) universitetida fiziologiya professor (1944-51). Kanber Avstraliya milliy universitetida fiziologiya professor (1951-66). Chikago instituti va Nyu-York universitetida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Ilmiy faoliyati nerv hujayralaridagi elektrik jarayonlarga oid. Ekls nerv hujayralarida qo’zg’alish va tormozlanishning ion mexanizmlarini o’rgangan, bir hujayrada hosil bo’lgan nerv impulslari ikkinchi hujayraga qanday o’tkazilishini ko’rsatib bergan. London Qirollik jamiyati a’zosi (1941 yildan), Nobel mukofoti laureati (1963; al.Xojkin va A.F. Xaksli bilan hamkorlikda).