EKOLOGIK HARAKAT

EKOLOGIK HARAKAT — bu harakatning maqsadi – inson faoliyati va atrofmuhitning uyg’un munosabatlarini izlab topishdan iboratdir. Dunyoda birinchi ekologik partiya 1973-yilda Buyuk Britaniyada tuzilgan edi. Hozirgi vaqtda «yashil» deputatlar G’arb mamlakatlarning ko’plab parlamentlarida ish olib bormoqdalar. Ko’plab xalqaro ekologik tashkilotlar qaror topdi. Xususan «Grinpis» (17 mamlakatdan 2.5 mln. kishini birlashtiradi), «Yer do’tlari» (34 mamlakatdan guruhlar ishtirok etadi), «AYFA» (o’rmonlarni muxofaza qilish yoshlar federatsiyasi), «Tabiatning yosh do’tlari» (G’arbiy Yevropa mamlakatlarida mingdan ortiq markazlari bor) atrof — muhitni muhofaza qilish bo’yicha hayrli va savobli ishlarni olib bormoqda. O’zbekistonda Ekologik harakat 2008- yil 2 avgustda tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 15 nafari O’zbekiston Ekologik harakatidan saylanadigan a‘zolaridan iborat bo’lishi belgilab qo’yildi. Bu yo’nalishda bir qator qonunlar, dasturlar qabul qilinmoqda.