EKOLOGIK SIYOSIY MAFKURALAR

EKOLOGIK SIYOSIY MAFKURALAR — urushdan keyingi yillarda vujudga kelgan va 70-80-yillarda keng rivoj topgan siyosiy mafkuralardan biri. Bu Ekologik siyosiy mafkuralarning vujudga kelishiga rivojlangan mamlakatlardagi og’ir ekologik vaziyat sabab bo’ldi. Ekologik siyosiy mafkuralar inson yashaydigan atrof-muhitni himoya qilishni, kerakli qonunlar va qarorlarni qabul qilish uchun o’zlarining hukumat va qonun chiqaruvchi organlariga ta’sir ko’rsatish orqali ekologiyani yaxshilashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Hozirgi vaqtda bu oqimlar ko’plab mamlakatlarning parlamentlari va hukumatlarida o’zlarning vakillariga ega.