EKRAN

EKRAN (Fransuzcha — parda) — 1) tasvirlar tushirish yoki hosil qilish uchun mo’ljallangan qurilma. Masalan, kino Ekrani (parda), televizor Ekrani (shisha qurilma) va boshqalar; 2) turli nurlanishlarni yutadigan, qaytaradigan yoki insonni ulardan himoya qiladigan qurilma (masalan, bug’ qozoni Ekrani — suvni isitish uchun issiqlik nurlarini yutadi, roentgen qurilmasining Ekrani — rentgen nurlarini ko’rinuvchi nurlarga aylantiradi va insonni ularning zararli ta’siridan himoya qiladi); 3) radiotexnika va elektrotexnika qurilmalari va boshqalarni foydasiz va xalaqit beruvchi tashqi elektromagnit maydondan himoya qilish uchun mo’ljallangan to’siq. Bunday Ekran elektr tokini yaxshi o’tkazuvchi metal (mis, alyuminiy) dan yasaladi. Unda tashqi elektromagnit maydon o’zgaruvchan tok hosil qiladi. Bu tok Ekranda ikkilamchi elektron maydonni vujudga keltiradi. Bu maydonning amplitudasi tashqi maydon amplitudasiga teng, fazasi esa qarama-qarshidir. Shuning uchun natijaviy elektromagnit maydonning ta’siri kamayadi. Qurilmalarni bunday Ekranlar bilan ta’minlash ekranlash deb ataladi.