EKSGUMATSIYA
EKSGUMATSIYA (lotincha exshltiz erdan) — murdani ko’zdan kechirish va ekspertiza o’tkazish zaruriyati tug’ilganda uni dafn etilgan joyidan qazib olish. O’zbekistonda Eksgumatsiya tergovchi yoki surishtiruvchining qarori va prokurorning sanktsiyasi asosida o’tkaziladi. Qarorda Eksgumatsiyaning sabablari ko’rsatiladi. Eksgumatsiya, odatda, o’limga sabab bo’lgan holatlarni aniqlash, o’lgan kishining shaxsini belgilash, birinchi marta yoki qayta sudtibbiy ekspertizasi o’tkazish va boshqalar maqsadlarda qilinadi. Eksgumatsiya paytida sud tibbiyoti sohasidagi shifokor, zarur bo’lsa, boshqa mutaxassislar ham qatnashadi.