EKSPANSIYA

EKSPANSIYA (lot. expansion – kengaytirish, yoyish, tarqatish) — yangi hududlarni, boshqa mamlakatlardagi bozorlarni egallash, ta‘sir doirasini kengaytirish yo’lidagi davlat siyosati. Ekspansiyaning hududiy, iqtisodiy, siyosiy ko’rinishlari bo’ladi. U diplomatik, iqtisodiy va harbiy vositalar yordamida boshqa davlatlarga o’z ta‘siri doirasini kengaytirishni anglatadi. Ekspansiya kuchli davlatlarning diplomatik iqtisodiy va harbiy usullar bilan o’z ta‘siri doirasini boshqa mamlakatlarga yoyishga qaratilgan siyosati. 1) iqtisodiy usullar (masalan, kapitalni olib chiqib ketish) singari noiqtisodiy usullar (yangi territoriyalarni qurol ishlatish yo’li bilan qo’lga kiritish, siyosiy, diplomatik, diniy va bosimning boshqa turlari) bilan ham amalga oshiriladigan turli birlashmalar, guruhlar, davlatlar hukmronligining, ta‘sir doirasining kengayishi, tarqalishi; 2) nimaningdir dastlabki chegarasidan chiqib ketishi, kengayishi, tarqalishi.