EKSTIRPATSIYA
EKSTIRPATSIYA (lotincha — ildizi bilan olib tashlash) — biror a’zo (masalan, me’da, bachadon, taloq va boshqalar)ni butunlay yoki qisman kesib olib tashlash. Asosan, a’zolarning xavfli o’smalarida ishlatiladi. Onkologiyada (me’da, to’g’ri ichak o’smasi), ginekologiyada (bachadon miomasi va boshqalar xavfli o’smalari), xirurgiyada (taloq shikastlanganida) qo’llaniladi.