EKSTRADATSIYA

EKSTRADATSIYA (lot. ex traditio) — bir davlatning boshqa (chet el) davlati o’z fuqarosini ixtiyoriga topshirishi; hozirgi davrda amaldagi konstitutsiyalar o’z fuqarolarini chet el davlatlari ixtiyoriga topshirishni so’zsiz taqiqlab qo’yishgan. Agarda davlatning xalqaro shartnomalarida ko’rsatilmagan bo’lsa, fuqarolarni boshqa davlatlar ixtiyoriga topshirish mumkin emas. Xalqaro huquqning umum tan olingan tamoyillariga muvofiq, agar boshqa davlat ixtiyoriga topshiriladigan fuqaro hayoti xavf ostida qolsa, ya‘ni o’lim jazosi va qiynash kabi jazo choralari nazarda tutilgan bo’lsa, ekstaradatsiyaga yo’l qo’yilmaydi.