EKSTRAZONAL O’SIMLIKLAR

EKSTRAZONAL O’SIMLIKLAR (lotincha — o’ta va Yunoncha — mintaqa) — o’zi hosil qilgan o’simlik mintaqasidan, ya’ni o’zining asosiy arealidan tashqarida joylashgan tabiiy o’simliklar. Ekstrazonal o’simliklar o’zi uchun ekologik jihatdan eng qulay bo’lgan hududlarda alohida orollar holida uchraydi. Ekstrazonal o’simliklarga cho’l zonasida alohida orollar hosil qiladigan eman o’rmonlari, Janub tayga mintaqasidagi keng bargli o’rmonlar, cho’l mintaqasidagi o’tloqlar kiradi. Ba’zan Ekstrazonal o’simliklar areali qisqarib borayotgan mintaqaviy relekt hisoblanadi (masalan, tundra mintaqasidagi o’rmon orollari).