EKTOPARAZITLAR

EKTOPARAZITLAR (ekto… va Yunoncha — tekinxo’r), tashqi parazitlar — xo’jayin hayvon yoki o’simlik tanasi, poyasi sirtida yashab, uning hisobiga oziqlanib yashovchi organizmlar. Masalan, vilt kasalligini qo’zg’atuvchi zamburug’lar, ba’zi hasharotlar o’simlik Ektoparazitlardir. Odatda, parazitlar lichinkasi tashqi muhitning zararli ta’siridan xo’jayinorganizm qalqoni (kalta shokilador afitis — Kaliforniya qalqondorining paraziti, tillarang afitis — jigarrang qalqondor paraziti), soxta pillasi (karam pashshasining katta yoshli lichinkasi tanasida parazitlik qiluvchi aleoxara qo’ng’izi lichinkasi) bilan himoyalangan bo’ladi, ba’zan xo’jayinorganizmlar kavaklarda, jonivorlar inida, o’ralgan barglarda va boshqalar yopiq yerlarda, ular bilan birga esa Ektoparazitlar ham yashaydi. Ektoparazitlar xo’jayinorganizmda yakka-yakka yoki to’pto’p bo’lib rivojlanishi mumkin.