EKVATORIAL IRQ

EKVATORIAL IRQ, negravstraloid irqi — Afrikaning tropik zonalari, Jan va Janubiy Sharqiy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Okeaniya va Avstraliyada tarqalgan negroid va avstraloid irqlarning umumlashma nomi. Jingalak yoki to’lqinsimon sochlari, terilari va ko’zining qoraligi, keng (yapasqi) burun, lablarining qalinligi bilan ajralib turadi.