EKZODERMA

EKZODERMA (ekzo… va derma) ildizning birlamchi po’stlog’i qavatlaridan biri. Rizoderma ostida shakllanadi; rizoderma qavati nobud bo’li£ tushib ketgach, Ekzoderma himoya vazifasini bajaradi. Ekzoderma hujayralari qobig’i po’kaklashgan bo’ladi. Hujayralarining uzoq vaqt tirik qolishi bilan po’kakdan farq qiladi; Ekzoderma hujayralari qobig’ining o’tkazuvchanligi saqlanib qolishi mumkin.