EKZOFTALM

EKZOFTALM (Yunoncha — chaqchaygan ko’z) — ko’z soqqasining chaqchayib turishi. Bunda ko’z soqqasi oldinga bo’rtib chiqadi yoki boshqa tarafga siljib ketadi. Bazedov kasalligida, ko’z soqqasining shakli o’zgarganida yoki uning orqa tomonida joylashgan to’qimalarda shish yoki o’sma paydo bo’lganida, shuningdek, kalla va qo’z kosasining suyaklarida shikastlanish ro’y berganida kuzatiladi. Ekzoftalmda ko’z soqqasi normal harakatlana olmaydi, ba’zan ko’ruv nervining shikastlanishi tufayli ko’z yaxshi ko’rmaydi. Davo Ekzoftalmga sabab bo’lgan asosiy kasallikka qaratiladi.