ELBAYON BEKATI
ELBAYON BEKATI — Surxondaryo viloyati Sho’rchi tumanidagi shaharcha. Tuman markazi (Sho’rchi shahri) dan 5 kilometr. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Sho’rchi (3 kilometr). Aholisi 4,9 ming kishi (2003). Xo’jaliklari va aholisi Qumqo’rg’on kanalidan suv oladi. Umumiy ta’lim maktabi, aloqa bo’limi, madaniyat uyi, klub muassasasi, kutubxona, tibbiy punkt, dorixona, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor.