ELEKTR KUCHLANISH
ELEKTR KUCHLANISH — elektr va tashqi kuchlarning birlik musbat zaryadni zanjirning aniq bir qismida ko’chirishida bajargan ishiga teng bo’lgan fizik kattalik. Elektr kuchlarning zanjir qismida birlik musbat zaryadni ko’chirishda bajargan ishi shu qism uchlaridagi potentsiallar farqi (f,—F2) ga teng. Tashqi kuchlarning birlik musbat zaryadni ko’chirishda bajargan ishi esa zanjirning shu qismidagi elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) e ga teng. Si da Elektr kuchlanishning birligi volt. Elektr kuchlanishni voltmetr yordamida o’lchanadi.