ELEKTR-MASHINA GENERATORI

ELEKTR-MASHINA GENERATORI — aylanishlar mexanik energiyasini o’zgarmas yoki o’zgaruvchan tokka aylantiruvchi qurilma. Mexanik energiya birlamchi dvigatel (bug’yoki gaz dvigatellari, gidroturbinalar, ichki yonuv dvigateli) dan olinadi. Ba’zan, Elektr-mashina generatorining valini aylantirish uchun elektr dvigatel ishlatiladi. Bunday holda Elektr-mashina generatori elektr dvigatel bilan birga tok turini o’zgartirib, masalan, o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantirib yoki bir xil chastotali elektr tokini boshqacha xil chastotali elektr tokiga aylantirib beradi.