ELEKTR YURITUVCHI KUCH
ELEKTR YURITUVCHI KUCH — (EYUK) o’zgaruvchan yoki o’zgarmas tok energiya manbalarida tashqi (potentsial) kuchlar ta’sirini ifodalaydigan fizik kattalik. O’tkazgichdan tok o’tishi uchun unda elektr maydon hosil qilinib saqlanadi. Buning uchun tok manbai yordamida o’gkazgich uchlarida potentsiallar farqi (f,—F2) uzluksiz tiklab turiladi. Bu esa tok orqali oqib keluvchi musbat zaryadlarni o’tkazgichning kichik potentsial F 2 li uchidan uzluksiz olib ketish va katta potentsial f, li uchiga uzluksiz keltirib turish zarurligini anglatadi. Demak, zaryadlarning berk yo’l bo’ylab harakati vujudga keladi. Bunda faqat elektrostatik (ichki) kuchlarning o’zi etarli emas, chunki bu kuchlarning zaryadlarni berk kontur bo’ylab ko’chirishda bajargan ishi nolga teng. Demak, berk konturda zaryadlar oqimini ta’minlash uchun noelektrostatik (tashqi) kuchlar mavjud bo’lishi kerak. Tashqi kuchlar Kulon kuchlaridan farq qilib, turli ishorali zaryadlarni birlashtirmaydi, aksincha ularning ajralishini yuzaga keltiradi va to’g’ri chiziq uchlarida potentsiallar farqini birday saqlab turadi. Tashqi kuchlarning ta’siri Elekt yurituvchi kuch bilan ifodalanadi. Tashqi kuchlarning birlik musbat zaryadni berk zanjir bo’ylab ko’chirishda bajargan ishi (e = $ E’D.1 o’lchanadigan e kattalik) e.yu.k., tok manbai Elekt yurituvchi kuch manbai deb ataladi, bunda E’— tashqi kuchlarning noelektrostatik elektr maydoni kuchlanganligi, D1— kontur elementi. Tashqi kuchlarning noelektrostatik elektr maydonini elektr energiya manbai hosil qiladi. Demak, Elekt yurituvchi kuch tashqi quchlar ta’sirida tok zanjiriga kiritilgan energiya ekan. Masalan, galvanik element va akkumulyatorlar, o’zgarmas tok generatorlari, yarimo’tkazgichli termoelementlar, fotoelementlar va boshqalar elektr manbai bo’la oladi. Elekt yurituvchi kuch voltlarda o’lchanadi.