ELEKTROFOREZ

ELEKTROFOREZ (elektro… va Yunoncha — siljish), galvanoterapiya, dorili elektroforez — organizmga o’zgarmas tok va shifobaxsh moddalar bilan ta’sir etib davolash usuli; bunda organizmga dorilar past kuchlanishli o’zgarmas elektr toki (galvanik tok) yordamida (teri yoki shilliq qavatlar) ion holida kiritiladi. Elektroforez zaryadlangan zarralar — ionlarning elektr toki ta’sirida qarama-qarshi zaryadlangan elektr tomon (ya’ni musbat zaryadlangan ionlar manfiy elektrodga va manfiy zaryadlangan ionlar musbat elektrodga) harakatlanishiga asoslangan. Bunda dorilar oddin teriga yig’ilib, ionlar deposini hosil qiladi. Depodan dorilar qonga asta-sekin o’tadi va uzoq vaqt saqlanadi hamda butun organizmga yoki biror a’zoga ta’sir etadi. Elektroforezning induktotermiya bilan birga olib borilishi n duktoelektroforez deyiladi. Moddalar almashinuvining buzilishi bilan kechadigan, shuningdek, nerv kasalliklari va boshqalarda Elektroforez qo’llaniladi.