ELEKTROOSMOS

ELEKTROOSMOS (elektro… va Yunoncha — itarish, bosish) — tashqi elektr maydon ta’sir ettirilganda suyuqdikning kapillyarlar va g’ovak diafragmalar orqali harakatlanishi. Dispers sistemalar va kapillyarlarda tashqi elektr maydon ta’sirida fazalardan birining ikkinchisiga nisbatan harakatlanishi yoki mexanik kuchlar ta’sirida fazalarning nisbiy harakati yo’nalishida potentsiallar farqi vujudga kelishi bilan ifodalanadi. Fazalarning chegarasi bo’ylab yo’nalgan tashqi elektr maydoni bir ion qatlamining ikkichi ion qatlamiga nisbatan siljishiga sabab bo’ladi, bu esa fazalarning nisbiy surilishiga (Elektroosmosga) olib keladi. Elektroosmos hodisasini o’rganishning amaliy ahamiyati katta. Undan, masalan, transport magistrallari o’tkazishda yoki gidrotexnika inshootlari qurilishida tuproqdan ortiqcha namlikni ketkazishda, torfni quritishda, suvni yoki texnik suyuqliklarni tozalash va boshqalar maqsadlarda foydalaniladi.