ELLADA MADANIYATI
ELLADA MADANIYATI (arxeologiyada) — Markaziy Yunoniston (Ellada) va Peloponnesdagi jez davri (miloddan avvalgi 2500-1100 yillar) ga oid madaniyat. Miken, Pilos va Tirinfda qal’a va saroy xarobalari, maqbaralar, san’at asarlari topilgan.