EMBARGO
EMBARGO (ispancha embargo – xatga olish, man etish) — 1) davlat tomonidan muayyan tovarlar, xizmatlar, valyuta yoki boshqa boyliklarni mamlakatga keltirish yoki boshqa mamlakatlarga olib ketish, chetga chiqarishni taqiqlab qo’yish; ayrim mamlakatlar yoxud mamlakatlar guruhi bilan savdo munosabatlarini to’la taqiqlash; iqtisodiy yoki siyosiy, moliyaviy, ilmiy-texnik tazyiq vositasi bo’lib, hukumat tomonidan joriy etiladi. 2) o’z hatti-harakatlari bilan butun dunyo tinchligiga va xalqaro xavfsizlikka tahdid soluvchi davlatlarga nisbatan iqtisodiy va moliyaviy bosimning repressiv chorasi sifatida qo’llaniladigan tovarlar va valyutalarni, shuningdek, tijorat va savdo-iqtisodiy faoliyatning boshqa turlarini mamlakatga olib kirishni va undan olib chiqib ketishni to’liq yoki qisman man qilish. BMT qaroriga ko’ra, BMT Ustavini buzganligi yoki boshqa nojo’ya ishlari uchun jazo chorasi tarzida muayyan mamlakatlarning boshqa mamlakatlar bilan savdo aloqalarini to’sib qo’yishi ham Emansipatsiya hisoblanadi. Emansipatsiya aksariyat hollarda iqtisodiy xarakterga ega bo’ladi. Emansipatsiya qo’llash hamisha ham adolatli bo’lishini ta‘kidlash qiyin. Geosiyosiy raqobat natijasida qudratli davlatlar tazyiqi ostida ayrim davlatlarga nisbatan Emansipatsiya bir yoqlama qo’llanilishini kuzatish mumkin. Bunga qudratli davlatlarga nisbatan deyarli hech qachon Emansipatsiya qo’llanilmasligini yoki neft ko’p bo’lgan, ammo o’z mustaqil siyosatini yuritishga harakat qilgan ayrim zaif mamlakatlarga nisbatan bunday taqiqlashni qo’llanilishini misol keltirish mumkin.