EMULGATORLAR

EMULGATORLAR (lotincha sog’aman) — emulsiya hosil qiladigan moddalar, emulsiyalarning stabilizatorlari. Emulgatorlar jumlasiga emulsiyani tashkil etgan 2 fazadan birida eriydigan tabiiy va sun’iy birikmalar (ba’zi tuzlar, asoslar, organik kislotlar, sovunlar, aminlar va boshqalar sirt faol moldalar), kukun holidagi moddalar kiradi. Emulgatorlar sifatida ishlatiladigan modda tarkibida (uning disperslik darajasidan qat’i nazar) gidrofil va gidrofob qismlar bo’lishi kerak, chunki deyarli hamma Emulgatorlarni sirt faol moddalar desa bo’ladi. Kuchli gidrofil qismiga ega bo’lgan Emulgatorlar M/S tipidagi emulsiyalar (ya’ni moyning suvdagi emulsiyasi) olish uchun xizmat qiladi. Gidrofob qismlari kuchli bo’lgan Emulgatorlar esa S/M tipidagi emulsiyalar (ya’ni suvning moydagi emulsiyasi) hosil qilishda ishlatiladi. Agar 10 ml suvga 10 ml benzol qo’shib chayqatilsa, 2 xil emulsiya olish mumkin. Ana shu aralashmaga gidrofil Emulgatorlar qo’shilsa, Emulgatorlar molekulasining qutbsiz (utlevodorod) qismi moy tomchilariga, qutbli qismi (—Soon, — on, — 1MN2 guruhlari) esa suv tomchilariga botadi, lekin gidrofil Emulgatorlarni suv ko’proq xo’llaydi, natijada Emulgatorlar hajmining ko’p qismi suvga, oz qismi esa benzolga botadi. Shu sababli benzol tomchisi atrofida Emulgatorlarning sidirg’a pardasi hosil bo’ladi; bu tomchini Emulgatorlar molekulari yaxshi qurshab oladi. Natijada M/S tipidagi emulsiya barqarorlashadi. Gidrofob Emulgatorlar qo’shilganda S/M tipidagi emulsiya hosil bo’ladi.