ENDODERMA
ENDODERMA (Endo… va derma) — o’simliklarda birlamchi po’stloqning o’q organlari Markaziy tsilindriga yondosh bo’lgan bir qator joylashgan hujayralardan iborat ichki qavati. Poyada Endoderma kam ixtisoslashgan, ikkilamchi kraxmalga ega. Ildizda Endoderma hujayralari po’stida yo’g’onlashuv — Kaspari belbog’i bo’ladi. Kaspari belbog’i tarkibidagi suberin va lignin moddasi hujayra po’stining suv va ion o’tkazmasligini ta’minlaydi. Faqat Endodermaning ayrim hujayralari yupqa po’stli bo’lib, suv o’tkazadi (o’tkazuvchi hujayralar). Endoderma — birlamchi poyadan o’tkazuvchi naylar va teskari yo’nalishda moddalar oqishini boshqarish vazifasini bajaradi. Hayvonlarda — bo’shliqichlilar tipiga mansub hayvonlarda tana devorining ichki tomonida bir qator bo’lib joylashgan hujayralar qavati; ichki gastral bo’shliqni o’rab turadi. Hazm qiluvchi — muskul va bezli hujayralardan iborat. Hazm suyuqligi ishlab chiqarish va oziqni hazm qilish vazifasini bajaradi.