ENDOKARD

ENDOKARD (Endo… va Yunoncha — yurak) — yurak devorining ichki qavati; yurak muskul qavatining ichki yuzasini qoplab turadigan yupqa parda. Endokard talaygina elastik tolalar, silliq muskul tolalari kollagenli biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan. Endokard pardasining ichkari (qorincha va bo’lmacha bo’shliqlari)ga qaragan yuzasi endoteliy bilan qo’llangan, shu sababdan yurakning ichki yuzasi silliqbo’lib ko’rinadi. Endokard yurakning hamma bo’limlarini bir xilda qoplamagan, yurak qulog’ida — qorinchalarida endokard birmuncha yupqa, bo’lmachalarning ichki yuzasida esa bir oz qalin bo’ladi, shu sababli u tiniqroq ko’rinadi. Endokardda nerv oxirlari ko’p. Endokard atrioventrikulyar teshiklar hamda aorta va o’pkaning boshlanish joyidagi teshiklarda Burma (dublikatura) hosil qilib, atrioventrikulyar (tavaqali) yarimoysimon klapanlarni vujudga keltiradi. Endokardning yallig’lanishi endokardit deyiladi.