Energetik resurslar, energoresurslar
Energetik resurslar, energoresurslar — tabiatda mavjud bo`lgan va texnikaning hozirgi darajasida moddiy boyliklar ishlab chiqarish uchun inson amalda foydalana oladigan energiya zahiralari. Hozirgi vaqtda turli yoqilg`ilar (toshko`mir, neft, yonuvchi gaz, yonuvchi slanets, torf, o`tin), gidroenergiya, dengiz suvining ko`tarilishi va qaytishi, shamol energiyasi, atom energiyasi energetic resurslar hisoblanadi.