G’orlar hamma joyda: tog’larda ham, toshli tuproqda ham bo’ladi. Tosh tuz va ohaktosh qazib olinishi natijasida g’orlar, tosh konlari va mag’oralar qoladi. Muvaqqat muz g’orlari ham uchraydi. Eng uzun g’or AQShning Kentukki shtatidagi Flint-Mamontova g’oridir. Uning barcha yo’laklari, zallari, koridorlari uzunligi 345 km. dir. Eng chuqur g’or esa Fransiyadagi Jan-Bernar sistemasidir. Odam uning ichiga 1,5 km tushishi mumkin. Ammo olimlarni hali oldinda yangi kashfiyotlar kutib turibdi. Har bir g’orda g’orkezarlar — speleologlar bilmaydigan yo’laklar, tirqishlar va koridorlar bor. Hammasini o’rganib bo’ldik, deb turilganda, toshlar uyumi ortidan yana bir tirqish chiqib qoladi. Uning ortida esa g’orning jami go’zalliklarini o’zida jamuljam etgan bir necha metrlik koridor bo’lishi ham hech gap emas.
Aksiz nimani anglatishini bilasizmi
Aksiyador nimani anglatishini bilasizmi
Aksiya nimani anglatishini bilasizmi
Aksioma nimani anglatishini bilasizmi
Akron nimani anglatishini bilasizmi
Akromelanizm nimani anglatishini bilasizmi
Akkumulator nimani anglatishini bilasizmi
Akklimatizator nimani anglatishini bilasizmi
Akklimatizatsiya nimani anglatishini bilasizmi

