ENZELI
ENZELI (1925-80 yillarda Pahlaviy) — Eronning shimoliy qismidagi shahar. Aholisi 60 ming kishidan ziyod. Kaspiy dengizining Janubiy sohilidagi yirik port. Baliq ovlash va uni qayta ishlash markazi. Oziq-ovqat, yoyuchsozlik sanoati korxonalari, kema verfi bor. Dengiz kurorti.