EOL YOTQIZIQLARI

EOL YOTQIZIQLARI — dengiz, ko’l, daryo yotqiziqlari va g’ovak allyuvial yotqiziqlarni hamda qattiq tog’ jinslarining nurash mahsulotlarini shamol vositasida keltirilib yig’ilishidan hosil bo’ladi. Eol yotqiziqlari turli dengiz, Delta, allyuvial, prolyuvial, tog’jinslari hamda qumli va flyuvioglyasial yotqiziqlar hisobiga shakllanadi. Eol yotqiziqlari diagonalto’lqinliyokiponasimonqiyshiq qatlamlilikka ega bo’lib, qalinligi bir necha metrdan o’nlab metrga yetadi. Ular, asosan, arid oblastlarda tarqalgan bo’lib, dengiz va ko’l sohillarida, Daryo terrasalarida ham uchraydi. Ba’zan bir qancha foydali qazilmalarning sochmalari Eol yotqiziqlarida uchraydi.