ERAZM ROTTERDAMLIK

ERAZM ROTTERDAMLIK, Dezi deriy (1469.28.10, Rotterdam — 1536.12.7, Bazel) — Uyg’onish davri gumanist olimi. 1499 yil Parij universitetining teologiya fakultetini tugatgan. Yangi ahdnkt original matnini tiklagan, 1517 yil uni yunoncha originalidan birinchi bosma nashrini va o’zining lotin tiliga tarjimasini amalga oshirgan. Bu nashrga yozgan sharhida Erazm rotterdamlik cherkovni ilk xristianlik mavqeida turib tanqid qilgan. Asosan rasmiy cherkov mafkurasi tomonida turgan. Garchi o’z asarlari bilan ob’ektiv jihatdan reformatsiyaga. ko’maklashgan bo’lsa ham, bu harakatga salbiy munosabatda edi. Asosiy asarlari: «maqollar kitobi» (1500; qadimiy dunyo mualliflarining aforizmlar va latifalari to’plami), «oilaviy suhbatlar» dialoglar to’plami (1518) va «ovsar xonim maqtovi» (1509).