ERENJENOV KONSTANTIN ERENJENOVICH
ERENJENOV KONSTANTIN ERENJENOVICH (1912.12.5, Bagachonos aymog’i, Qalmoq Respublikasi — 1991, ?) — qalmoq yozuvchisi. Qalmoq xalq shoiri (1972). Saratov universitetida o’qigan (1930— 33). «Cho’pon qo’shig’i» qissasi (1931), «Cho’l uchquni» (1935), «doimiy quvonch» (1959), «To’rg’ay» (1966) Doston va she’rlar to’plamlarini yozgan. «Hayotga yo’l», «Dub trubkasi» (1961) hikoya va ocherklar to’plamlari va 2 kitobdan iborat «o’tni saqla» romani (1963— 65)da qalmoq xalqi hayoti aks etgan. A.S.Pushkin va boshqalar chet el shoirlarining bir qancha asarlarini qalmoq tiliga tarjima qilgan.