ERITEMA

ERITEMA (Yunoncha — qizillik) — terining ma’lum bir joyi yoki anchagina qismining qizarishi. Kishi juda uyalganida yoki kuchli g’azablanganida ham (reflektor) Eritema kuzatiladi, lekin bu holat tezda o’tib ketadi. Turli fizik va kimyoviy omillar (ishqalanish, issiq, sovuq, ultrabinafsha nur), ayrim yuqumli kasalliklar (qizamiq, skarlatina, ich terlama), teri kasalliklari (dermatitlar va hokazolar), intoksikatsiya, qon aylanishining buzilishi va boshqalarda Eritema paydo bo’ladi. Davolash Eritemaga sabab bo’lgan omilni bartaraf etishdan iborat.