ERKIN SAMANDAR

ERKIN SAMANDAR (asl nomi Samandarov Erkin) (1935.22.3, Xiva tumani) — yozuvchi, dramaturg. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist (1989). Xorazm pedagogika intining o’zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1957). Xorazm viloyat radioeshittirish qo’mitasi o’zbek eshittirishlari tahririyati muharriri (195961), O’zbekiston KP Xorazm viloyat qo’mitasida ishlagan (196367; 1990). O’zbekiston televideniesi «Yoshlik» studiyasi bosh muharriri (1967-69), Dasturlar direktori (1969-75), adabiy dramatik eshittirishlar bosh muharriri (1975-77). «Xorazm haqiqati» gaz.da bo’lim mudiri, bosh muharrir (1961-63; 1977-90). O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari (199093). Birinchi she’riy kitobi — «Amu jilolari» (1966). Shundan keyin Erkin Samandarning o’ndan ortiq she’riy to’plamlari nashr etilgan. Erkin Samandar, shuningdek, «osmonning tosh tulpori», «Oltin sandiq», «Erk sadolari», «ishqiy maktublar» kabi dostonlar muallifi. Tarixiy mavzularda bir qancha sahna asarlari ham yaratgan («Javohir», 1980; «Ajdodlar qilichi», 1985; «bashorat», 1994; «Jaloliddin Manguberdi», 1999; «Arabmuhammad Bahodirxon», 2002). «Pahlavon Mahmud Piryorvaliy» (1995), «Suyanch» (1996), «Ming otlilar diyori» (2003) singari qissa va badialari ham bor. «Daryosini yo’qotgan qirg’oq» (1988), «Tangri qudug’i» (1994) va boshqalar romanlari zamonaviy o’zbek romanchiligi rivojida o’ziga xos o’rin tutadi. As: Saylanma, T., 1989; Sulton Jaloliddin [Roman], T., 2005.