Eroziya

Eroziya (lotincha erosio — yemirish) — tog jinslari va tuproqni oqar suvlarning yuvib, oqizib ketishi. Eroziya reylef hosil qiluvchi omillardan biri. Yuvilish yuzalama va chuqurlatma bo`lishi mumkin, yana yon eroziya va tag eroziya bo`ladi. Normal eroziya va insonning noratsional xo`jalik faoliyati oqibatida bo`lgan tezlatilgan eroziya bir-biridan farq etiladi.