ERROU KENNET JON
ERROU KENNET JON (1921, Nyu-York) — amerikalik iqtisodchi, iqtisod Doktori (1951). Chikago universitetida professor assistenti (1948-49), Stanford (1949-68) va Garvard (1968-74) untlarida prof. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi, Ekonometrika jamiyati va boshqalar tashkilotlar a’zosi. Errouning tadqiqot doirasi nihoyatda keng bo’lib, uning asarlarida boshqarish nazariyasi, ilmiy-texnika taraqqiyoti iqtisodiyoti va ayniqsa, iqtisodiyotda matematik usullarni qo’llash bilan bog’liq masalalar qo’proq tahlil etiladi. Errou Debryo bilan birgalikda umumiy iqtisodiy muvozanat modelini ishlab chiqqan (Erroudebryo modeli). J.Xiksning individual kutilmalarga asoslangan nazariy kontsepsiyasi Errou va F.Xan tadqiqotlarida davom ettirildi va takomillashtirildi, keyinchalik shu asosda adaptiv va rasional kutilmalar nazariyalari (R.Lukas) yaratildi. Errou umumiy iqtisodiy muvozanat va farovonlik nazariyasiga muhim hissa qo’shdi. Asosiy asarlari: «zaxiralar va ishlab chiqarishning matematik nazariyasi bo’yicha tadqiqotlar», 1958; «ijtimoiy tanlov va yakka qadriyatlar», 1951; «xatarlar nazariyasi ocherklari», 1970; «raqobatning umumiy tahlili» (hamkorlikda), 1971. Nobel mukofoti laureati (1972; J.R.Xiks bilan hamkorlikda). Abduxalil Razzoqov.