ESAKI LEO

ESAKI LEO (1925.12.3, Osaka) — yapon fizigi, Yaponiya Fanlar Akademiyasi a’zosi (1975). Tokio universitetini tugatgan (1947). Ilmiy ishlari qattiq jism fizikasi, yarimo’tkazgichli elektronika, o’ta o’tkazuvchanlik, tunnellash va magnetizmga oid. Yarimo’tkazgichlarda tunnellashni eksperimental kashf etdi va tunnel diodni yaratdi (1957). Elektr maydonning aniq bir qiymatida magnit qarshilikning keskin ortishi hodisasi (Esaki effekti) ni kashf etdi (1962). Yarimo’tkazgichlarda o’ta o’tkazuvchan energetik tirqishlar mavjudligini aniqladi (1966). Nobel mukofoti laureati (1973).