ESHONOV OTABOY
ESHONOV OTABOY (1916.15.3 Toshkent — 1990.2.10) — huquqshunos olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1960), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1966), yuridik fanlari doktori (1950), professor (1951). O’zSSR MIK huzuridagi Sovet qurilishi va huquqi institutini tugatgan (1936). Toshkent yuridik institutida aspirant (1936— 39), assistent, katta o’qituvchi (1939— 43), dotsent (1943— 45), davlat va huquq kafedrasi mudiri (1954-55). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya (194551), Iqtisodiyot (195 1-52) institutlarida bo’lim mudiri, O’zSSR Ministrlar Soveti fan, madaniyat va maorif bo’limi mudiri (1953-54), O’rta Osiyo untida kafedra mudiri (1955-58). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi falsafa va huquq institutida direktor o’rinbosari (195859), direktor (195961), sektor mudiri (1961 yildan). Ilmiy va pedagogik faoliyati huquqshunoslik va davlatshunoslikni o’rganishga bag’ishlangan. Eshonov bir necha darslik va o’quv qo’llanmalarining muallifi. Shuningdek, uning bevosita rahbarligida Fayzulla Xo’jayevning 3 jildli tanlangan asarlari nashr etilgan (1976— 80). Eshonov Otaboy Buxoro xonligining 19-asr oxiri —20-asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tuzilishi, BXSR davlat va huquq tarixini tadqiq qilgan. Buxoro shahridagi ko’chalarning biriga Eshonov nomi berilgan.