ESKORIAL
ESKORIAL — Ispaniyadagi aholi punkti. Gvadarrama tog’ida, Madrid shahri yaqinida joylashgan. Eskorial o’zining Sanlorenso del Eskorial ibodatxonasaroyi bilan mashhur (1563-1584, me’morlar X.B.Toledo va X.B.Errera loyihasi asosida qurilgan). Saroy ansambli havo rang va kulrang granitdan qurilgan bo’lib, tashqi bezaklardan xoli. Ichki xonalari qimmatbaho san’at asarlari: el Greko, Velaskes, Riber, Tisian, Veroneze, haykaltarosh B.Chellini va boshqalarning haykal va tasviriy rasmlari bilan bezatilgan. Kasita del Prinsipe (1772) paviloni saqlangan. Ispaniya qirollari qarorgohi. Turizm rivojlangan. Kurortlar bor.